Dzyudo. Bobonov, To‘raboyev va yana 9 dzyudochimiz Prague European Open turnirida ishtirok etadi
Ertaga musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
27-28 sentyabr kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq Kubogi bo‘lib o‘tadi.
Prague European Open 2025 turnirida dunyoning 38 davlatidan jami 435 nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishadi. Praga tatamilarida terma jamoamizning 11 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboyev ham bor.
Ertaga musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor