locale OZ

Dzyudo. Almaty Juniors Asian Cup 2026. Yoshlarimiz birinchi kun bellashuvlarida 9 ta medal qo‘lga kiritishdi, 4 tasi oltin!

Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan Almaty Cadets and Juniors Asian Cup 2026 musobaqasining uchinchi kuni yoshlar o‘rtasidagi bahslariga start berildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Dzyudo. Almaty Juniors Asian Cup 2026. Yoshlarimiz birinchi kun bellashuvlarida 9 ta medal qo‘lga kiritishdi, 4 tasi oltin!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan Almaty Cadets and Juniors Asian Cup 2026 musobaqasining uchinchi kuni yoshlar o‘rtasidagi bahslariga start berildi.

Dunyoning 12 davlati dzyudochilari qatnashayotgan turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kadetlarimiz singari ishonchni oqlashyapti. Ular ilk kungi bellashuvlarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bugun yoshlar o‘rta va og‘ir vazn toifasida medallar uchun kurashga kirishishgan.

Birinchi kun shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medallar

-52 kg: Nigina Umirzoqova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Asadbek Misirov

Kumush medallar
-63 kg: Asal Karimjonova
-60 kg: Ramziddin Norboboyev
-66 kg: Abdurahmon Sa’dullayev

Bronza medallar

-52 kg: Saodat Qoraboyeva
-63 kg: Adina Abilqosimova

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting