Dvalishvilining murabbiyi: “Umar Nurmagomedov revansh jangiga loyiq emas”
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: MMA Fighting
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvilining murabbiyi Jon Vud shogirdining navbatdagi raqibi kim bo'lishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
“Dana Uayt Umar Nurmagomedov haqida gapirgan edi. U chempionlik jangiga loyiq emas, u yana bir-ikki jangda g'alaba qozonishi kerak. Shundan so'ng uni yana da'vogarlar safiga qo'yish mumkin. Hozir tashabbus Merab tomonida, raqibni u tanlaydi”, - deydi Vud.
Eslatib o'tamiz, Dvalishvili va Nurmagomedov o'rtasidagi jang joriy yilning yanvar oyida UFC 311 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Merab hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist