locale OZ

Dushanbe Grand Slam 2026. Bugun 9 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Bu haqda O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushanbe Grand Slam 2026. Bugun 9 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning uchinchi kungi bellashuvlari start arafasida.

Bugun og‘ir vazn toifalarida Dushanbe Grand Slam 2026 turniri medallari uchun kurash kechadi. Erkaklar o‘rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Saralash bahslari soat 12:00, final bloki esa 17:00da boshlanadi.

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-78 kg: Muxlisaxon Qadirberganova — Maydelines Gorget-Veranes

+78 kg: Irisxon Qurbanbayeva — Karmen Diykstra (Niderlandiya)

+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva — Adiyasuren Dambadarjaa (Mo‘g‘uliston)

Erkaklar
-90 kg: Umar Bozorov — Amir Abbas Chupan (Eron)/Daniil Krilov (Qozog‘iston)

-90 kg: Aziz Avazmurodov — Kim Jae Min (Koreya Respublikasi)

-100 kg: Mirjalol Normo‘minov — Abdulahad Majidov (Tojikiston)

-100 kg: Muhammadali Tangriyev — Rares Arseni (Ruminiya)

+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev — Humar Munosibov (Tojikiston)

+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Gjegoj Terensinski (Polsha)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting