Diyorbek Odilov sovrindorlar qatoridan joy oldi
Ushbu ko‘rsatkich unga 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi
Bugun Eron poytaxti Tehron shahrida “Fajr Cup” xalqaro turniri start oldi. Musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokini boshlab, muvaffaqiyatli natijalarni qayd etmoqda.
Xususan, 65 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Diyorbek Odilov sovrindorlar safidan joy oldi. Diyorbek dast ko‘tarishda 121 kg, siltab ko‘tarishda esa 150 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli zabt etib, ikki kurash bo‘yicha jami 271 kg natijani qayd etdi.
Ushbu ko‘rsatkich unga 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist