locale OZ

«Dinamo» Toshkentda yig‘in boshladi

Jamoa 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida xorij yig‘inini o‘tkazadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Toshkentda yig‘in boshladi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi bugun, 3-yanvar kunidan Toshkentda yig‘inga kirishdi.

Do‘rmondagi qarorgohda o‘tayotgan poytaxt yig‘ini 15-yanvargacha davom etadi. Vadim Abramov boshchiligidagi bugungi mashg‘ulotlarda legionerlardan tashqari, barcha mahalliy o‘yinchilar ishtirok etmoqda.

Jamoaning yangi a’zolari Nurullo To‘xtasinov, Azizbek Amonov, Rasul Yo‘ldoshev ham tarkibga qo‘shilgan. Yangi legioner futbolchilar esa 4-5 yanvar kunlari kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” jamoasi 3-15 yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazgach, 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida xorij yig‘inini o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting