locale OZ

Delegatsiyamiz rahbariyati sportchi va murabbiylar bilan uchrashdi

Tashrif chog‘ida mutasaddilar delegatsiyamiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Delegatsiyamiz rahbariyati sportchi va murabbiylar bilan uchrashdi
Фото: Olympic.uz

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariyati Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz joylashgan Atletlar shaharchasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida mutasaddilar delegatsiyamiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sportchi va murabbiylar bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida mutasaddilar musobaqaning dastlabki kunida qo‘lga kiritilgan medallar bilan sportchilarimizni tabriklab, ularga kelgusi bellashuvlarda ham muvaffaqiyat va g‘alabalar tiladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi a’zolarining ruhiy tayyorgarligi va jipsligini yanada mustahkamlovchi iliq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting