Davurxon Karomatov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Ostona shahri mezbonlik qilayotgan para dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida J2 klassida (zaif ko‘ruvchi) -95 kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi.
Oltin medal uchun kechgan kurashda hamyurtimiz Davurxon Karomatov gruziyalik Gogotchuri Zviadga qarshi tatamiga chiqdi.
Afsuski, murosasiz bahs yakunida g‘oliblik gruziyalik para dzyudochiga nasib etdi. Davurxon Karomatov esa delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor