Daniel Dyubua: Men barcha kamarlarni qo'lga kiritaman
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Superog'ir vaznda IBF kamari sohibiga aylangan Daniel Dyubua Aleksandr Usikka qarshi revanj jangidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
“Hammasi jadal va muvaffaqiyatli ketayapti. Jismoniy holatim a'lo darajada. Jangga to'liq tayyorman. Bu jang yuqori darajadagi to'qnashuv bo'ladi va men unda barcha kuchimni ishga solaman. Bu — boksning eng baland cho'qqisi, mutlaq chempionlik uchun kurash. Barcha kamarlar menga tegishli bo'ladi. Bu dahshatli nokaut bo'ladi”, — dedi Dyubua.
Eslatib o'tamiz, Dyubua va Usik o'rtasidagi birinchi jang 2023 yil avgust oyida bo'lib o'tgan va Usikning 9-raunddagi texnik nokauti bilan yakunlangan edi.
Revanj jang joriy yil 19 iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Bakradze Iman
Redaktor