Dana Uayt Oq uydagi UFC turniri haqida: «Kard tayyor»
Ushbu nufuzli musobaqa 14 iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC promousheni bosh direktori Dana Uayt 14 iyun kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnir kardi allaqachon shakllantirilganini ma’lum qildi.
«Bizda ikki xil variant bor edi va matchmeyking jarayoni yakunlandi. Oq uydagi turnir kardi ustidagi ishlarni o‘tgan haftada tugatdik. Nechta chempionlik jangi bo‘ladi? Hozircha bu haqda hech narsa ayta olmayman», — dedi Uayt Las-Vegasda o‘tgan «Zuffa Boxing 3» boks turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Avvalroq, yarimo‘rta vazn toifasida (77 kg gacha) amaldagi UFC chempioni, rossiyalik Islom Maxachev Oq uydagi turnirda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist