locale OZ

Dana Uayt Makgregorning tiklanish muddati haqida gapirdi

Irlandiyalik jangchi tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lam (ACL) va meniskni yirtib olgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dana Uayt Makgregorning tiklanish muddati haqida gapirdi
Foto: Getty Images

UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregorning og'ir jarohati sabab uzoq muddat oktagonga qayta olmasligini ma'lum qildi.

Uaytning aytishicha, irlandiyalik jangchi tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lam (ACL) va meniskni yirtib olgan. Uni operatsiya hamda uzoq reabilitatsiya kutmoqda. UFC rahbari Makgregorning tiklanishi taxminan bir yil davom etishini bildirib, undan avval jang qilishi kutilmayotganini ta'kidladi.

Konor Makgregor ushbu jarohatni UFC 329 turnirida Maks Holloueyga qarshi jangning dastlabki daqiqasidayoq olgan edi. Shunga qaramay, u kelajakda yana oktagonga qaytish niyatida ekanini ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting