locale OZ

Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha Respublika birinchiligi va xalqaro turnir boshlandi

Xalqaro musobaqada esa hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha Respublika birinchiligi va xalqaro turnir boshlandi
photo: Og'ir atletika

Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati, shuningdek, “Uzbekistan Open” xalqaro turniri start oldi. Mazkur musobaqalarda 300 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Respublika birinchiligi Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi uchun may oyida oʻtadigan qitʼa birinchiligi, shuningdek, yil davomida kutib turgan boshqa yirik musobaqalar uchun asosiy terma jamoaga nomzod sportchilarni koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim etadi.

Xalqaro musobaqada esa hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 31-martga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting