Cheyl Sonnen yana Mahachevga tashlandi: Sen mening shogirdimsan
Til og‘rig‘i bilan tanilgan Sonnen Mahachevni boshqalarning uslublarini o‘zlashtirishda aybladi va hattoki UFC yulduzlari ham undan g‘oyalar olganini ta’kidladi:
«Zerikkan tomoshabinlar oldida yerda yotib turishdan charchaganingda va cho‘chqalar baqirishi bo‘yicha tanlovdan kamroq auditoriya yig‘ganingni ko‘rganingda — menga murojaat qil. Sen mendan material so‘ragan klubingdan birinchi kishi emassan. Sening do‘sting va Irlandiyalik yigit ham iltimos qilgan. Do‘koningga bir qara — bo‘sh. E’tiborimni qozonish uchun soxta mojarolar o‘ylab topma. Qahramoning — mening shogirdim. Uning dushmani ham. Sen ham», — dedi Sonnen.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Sonnen Islam Mahachevni yengil vazndagi kuchli raqiblardan qochib, pul uchun yarim o‘rta vaznga o‘tganlikda ayblagan edi.