Chess. Tata Steel Chess India Blitz 2026: Uesli So va Karissa Yip chempion!
Ayollar bahsida esa debyutant IM Karissa Yip tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi: u tay-breykda IM Vantika Agravalni 1.5–0.5 hisobida yengib, chempion bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Kolkata shahrida o‘tgan Tata Steel Chess India 2026 Blitz musobaqasida Uesli So Open blitz g‘olibiga aylandi. U 18 turda 12/18 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib tugatdi va bu uning Tata Steel Chess India’da blitz titulini birinchi marta qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Nihal Sarin va Arjun Erigaisi esa 1 ochko ortda qolib, 2–3-o‘rinlarni bo‘lishdi.
Ayollar bahsida esa debyutant IM Karissa Yip tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi: u tay-breykda IM Vantika Agravalni 1.5–0.5 hisobida yengib, chempion bo‘ldi.
Hindistondagi turnirning har bir yo'nalishdagi g'oliblari:
Open rapid: Nihal Sarin
Women rapid: Katerina Lagno
Open blitz: Uesli So
Women blitz: Karissa Yip
Ph : Lennart Ootes/Tata Steel Chess India
Ibrohim Jalolov
Redaktor