locale OZ

CAVA U18 Volleyball Championship musobaqasiga start berildi!

Turnirning ilk kunidanoq maydonda yuqori sport ruhi, keskin raqobat va murosasiz bahslar hukm surmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAVA U18 Volleyball Championship musobaqasiga start berildi!
photo: Voleybol Uzbekistan

Bugun Toshkent shahridagi zamonaviy Olimpiya shaharchasida CAVA U18 Volleyball Championship musobaqasining bahslari boshlandi. 12–17-may kunlari davom etadigan ushbu xalqaro turnirda Markaziy Osiyoning istiqbolli yosh voleybolchilari qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Musobaqada:
O‘zbekiston
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Tojikiston terma jamoa o'g'il-qizlari ishtirok etmoqda.

Turnirning ilk kunidanoq maydonda yuqori sport ruhi, keskin raqobat va murosasiz bahslar hukm surmoqda. Yosh sportchilar o‘zlarining texnik mahorati, jamoaviy o‘yini va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan muxlislar e’tiborini qozonmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting