locale OZ

CAVA U18 Beach Volleyball Championship — yorqin lahzalar bilan yakunlandi

Sohil voleyboli chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, unutilmas o‘yinlar va keskin bahslar bilan yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 CAVA U18 Beach Volleyball Championship — yorqin lahzalar bilan yakunlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

CAVA U18 Beach Volleyball Championship — yorqin lahzalar bilan yakunlandi

Yurtimizda ilk bor mezbonlik qilingan CAVA U18 (ayollar va erkaklar) o‘rtasidagi sohil voleyboli chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, unutilmas o‘yinlar va keskin bahslar bilan yakuniga yetdi. Ikki kun davom etgan musobaqa yosh sportchilarning mahorati, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etgan haqiqiy sport bayramiga aylandi.

Yakuniy taqdirlash marosimida Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov Qudratillayevich, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Shukrulloyevich Fayziyev, federatsiya bosh kotibi Farhod Alimov hamda soha mutasaddilari ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarni munosib e’tirof etdilar. G‘oliblar medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:
Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin — Qozog‘iston
2-o‘rin — Eron-1
3-o‘rin — Eron-2
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin — Qozog‘iston-1
2-o‘rin — O‘zbekiston-1
3-o‘rin — Qozog‘iston-2

🇺🇿 Ayniqsa, ayollar jamoamizning ishtiroki alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Sportchi qizlarimiz kuchli raqiblar qarshisida ishonchli o‘yin namoyish etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu natija nafaqat quvonarli, balki yurtimizda sohil voleybolining izchil rivojlanib borayotganining yaqqol isbotidir.

Chempionat yosh iste’dodlar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi. Eng muhimi, ushbu turnir orqali O‘zbekiston yana bir bor xalqaro sport maydonida o‘z imkoniyatlarini namoyon etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting