CAVA Beach Volleyball Championship 2026 musobaqasi oldidan General Technical Meeting bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqaning qizg‘in bahslariga qaratiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
CAVA Beach Volleyball Championship 2026 musobaqasi oldidan General Technical Meeting bo‘lib o‘tdi.
Bugun musobaqada ishtirok etuvchi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi milliy terma jamoalar vakillari hamda hakamlar ishtirokida texnik yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida musobaqa reglamenti, o‘yinlar jadvali, hakamlik masalalari, ishtirokchilarning tashkiliy va texnik yo‘riqnomalari muhokama qilinib, barcha jamoalarga zarur tavsiyalar berildi.
Endi esa barcha e’tibor O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqaning qizg‘in bahslariga qaratiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor