locale OZ

CAFA Nations Cup–2025: Markaziy Osiyoga Malayziya va Ummon ham qo‘shildi

8 terma jamoa ishtirokidagi musobaqa 29 avgustdan 8 sentyabrgacha O‘zbekiston va Tojikistonda bo‘lib o‘tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAFA Nations Cup–2025: Markaziy Osiyoga Malayziya va Ummon ham qo‘shildi
Rasm: Olympic.uz

CAFA matbuot xizmati “CAFA Nations Cup–2025” turnirida qatnashadigan jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Turkmaniston terma jamoalariga qo‘shimcha ravishda, Malayziya va Ummon ham mehmon sifatida musobaqada ishtirok etadi.

Qur’a tashlash marosimi 3 iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadi. Turnir ikki guruhda o‘tkaziladi: “A” guruhi o‘yinlariga O‘zbekiston, “B” guruhi bahslariga esa Tojikiston mezbonlik qiladi.
Musobaqa 29 avgustda start olib, 8 sentyabrgacha davom etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting