Buxoroda yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Qorovulbozor tumani “Jarqo‘q” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy streetball va workout sport maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Maydonchaning ochilish marosimida tuman hokimi, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari hamda jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi sport maydonchasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularni sportga keng jalb qilish yo‘lida yana bir samarali qadam bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist