Buxoro viloyatida sportning kamondan otish turi bo‘yicha “Mintaqaviy turnir” o‘tkazildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida sportning kamondan otish turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Mintaqaviy turnir” bo‘lib o‘tdi.
Bahslarda Buxoro va Navoiy viloyatining 40 nafarga yaqin iqtidorli sportchilari ishtirok etib, 70 metr masofada kamondan otish bellashuvlarida o’z merganlik mahoratlarini namoyon etishdi.
Qizg’in bellashuvlar yakuniga ko‘ra, faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor