Buxoro shahrida yangi dzyudo sport zali foydalanishga topshirildi
Keng jamoatchilik vakillari va sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor natijasida barcha hududlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ana shunday tashabbuslar doirasida Buxoro shahar 2-son sport maktabi hududida barpo etilgan zamonaviy dzyudo sport zalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari va sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist