Butunjahon Universiada o‘yinlarida Shamsiddin Qurbonov sovrindor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Germaniyada o‘tkazilayotgan Butunjahon yozgi Universiada kompleks musobaqasi doirasida taekvondo WT bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 58 kg vazn toifasidagi vakili Shamsiddin Qurbonov shohsupadan joy egalladi.
Final uchun Tailand vakili Siravit Mahamadga qarshi kechgan shiddatli bahsda Shamsiddin imkoniyatni boy berib qo‘ydi, ammo shunday bo‘lsa-da, u delegatsiya hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist