locale OZ

\"Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi\". Umumjamoa hisobida ikkinchi bo’ldik

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi". Umumjamoa hisobida ikkinchi bo’ldik
PHOTO: Telegram

Kecha Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo’yicha "WT President's Cup Asian Region" musobaqasi yakuniga yetdi.

Nufuzli turnirni milliy terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi.

Vakillarimiz umumjamoa reytingida ikkinchi o’rinni egalladi. Birinchi pog’ona Eron taekvondochilariga nasib etgan bo’lsa, mezbon — Xitoy a’zolari uchinchi natijani qayd etishdi.

Umumjamoa reytingining kuchli beshligi:

1. Eron — 4 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza;
2. O’ZBEKISTON — 4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza;
3. Xitoy — 3 ta oltin, 6 ta kumush, 9 ta bronza;
4. Koreya Respublikasi — 3 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza;
5. Fransiya — 2 ta oltin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting