Butunjahon dzyudo kuni muborak
Bugun dunyoning 5 qit’asidagi 200 ga yaqin mamlakatida dzyudo bayrami keng nishonlanmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Har yili 28 oktyabr sanasi butun dunyoda Butunjahon dzyudo kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana bejiz tanlanmagan — dzyudo asoschisi Dzjigoro Kano aynan shu kuni tavallud topgan.
Bugun dunyoning 5 qit’asidagi 200 ga yaqin mamlakatda, jumladan O'zbekistonda ham dzyudo bayrami katta tantana bilan o‘tkazilmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda dzyudo sporti yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, joriy yilda poytaxtimizda ilk bor kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida terma jamoamiz tarixda birinchi marta 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgani buning yaqqol isbotidir.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist