Butun dunyo nigohi shu yilning 29-31 may kunlari Namanganga qaratiladi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Namangan shahridagi zamonaviy “Pahlavon” sport majmuasi mezbonligida sportning eng kuchli vakillari – yunon-rum va erkin kurash turlari bo‘yicha yirik va nufuzli musobaqa – “UZBEK BOTIRLARI GRAND PRIX” bo‘lib o‘tadi!
Bu xalqaro miqyosdagi musobaqada dunyoning 12 dan ortiq davlatlaridan – Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Gruziya kabi mamlakatlardan 200 dan ziyod yelkasiga yurt sha’nini yuklagan sportchilar, Osiyo va Jahon chempionlari Namanganga tashrif buyuradi!
Musobaqa kunlari barcha sport ishqibozlarini, yoshlar va kuch-quvvatga oshno yurtdoshlarimizni Namanganga – “Pahlavon” sport majmuasiga taklif etamiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor