Bugun Qarshi shahrida yoshlar o`rtasida O‘zbekiston chempionati start oladi
Saralash bahslari soat 10:00`da boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон Дзюдо Федерациясининг расмий канали
Uch kun davomida Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri yoshlar o`rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
"Geolog" sport majmuasi mezbonlik qiladigan murosasiz va qiziqarli bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan o`zbek dzyudosining ertangi kuni hisoblangan iqtidor egalari g`oliblik yo`lida tatamiga chiqadi.
Bugun o`g`il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tashkil etiladigan bellashuvlarda tatamiga chiqishadi. Saralash bahslari soat 10:00`da boshlanadi.
Dzyudo muxlislarini murosasiz bellashuvlarni tomosha qilish uchun "Geolog" sport majmuasiga taklif etamiz.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist