locale OZ

Bugun Osiyo chempionatida 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Osiyo chempionatida 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
PHOTO: Telegram

Bangkok shahrida davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bugun o‘rta vazn toifasidagi bahslar bilan davom etadi.

Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar -73 va -81 kg, ayollar -57, -63 va -70 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqishadi.

Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:

Erkaklar:

-73 kg: Shahram Ahadov - Hay Ba Nguyen (Vyetnam)/Kadek Varma Putra (Indoneziya)

-73 kg: Mardon Ravshanov - Yesset Kuanov (Qozog`iston)

-81 kg: Arslonbek Tojiyev - Chin-Yi Luo (Xitoy Taypeyi)

Ayollar:

-57 kg: Shukurjon Aminova - Kim Juhi (Koreya Respublikasi)/Medine Orazniyazova (Turkmaniston)

-63 kg: Marjona Nurullayeva - Nasiba Narimonova (Turkmaniston)/Heo Seulmi (Koreya Respublikasi)

-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva - Alina Moldokulova (Qirg`iz Respublikasi)

-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva - Yesui Darhanbatbayar (Mo`g`uliston)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting