Bugun Bokuda dzyudo bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi
Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. 11 oktabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 93 mamlakatidan 600 nafardan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Musobaqada jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Umar Bozorov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
Ayollar:
-48 kg: Ulbo‘sin Hakimova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Umida Nig‘matova
+78 kg: Irishxon Qurbonboyeva
Dasturga ko‘ra, bugun erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg toifalaridagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.