locale OZ

Bubanya Metallurgda o‘ziga raqam tanladi

Serbiyalik tajribali himoyachi yangi mavsumda klubimiz safida ham aynan 15-raqam ostida harakat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bubanya Metallurgda o‘ziga raqam tanladi
photo: Metallurg FK

Bekobodning "Metallurg" klubi himoyachisi Vladimir Bubanya 15-raqamni tanlashga qaror qildi.

Ta’kidlash lozim, 2017/18-yilgi mavsumda OKMK safida O‘zbekistonda debyut qilgan futbolchi aksariyat jamoalarida shu raqamda to‘p tepgan.

Serbiyalik tajribali himoyachi yangi mavsumda klubimiz safida ham aynan 15-raqam ostida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, "Metallurg"da 2023/24-yilgi mavsumda Azizbek Pirmuhammedov 15-raqamda harakat qilgan. Undan avvalroq esa yana bir himoyachi Abbos Otaxonov ushbu raqamga egalik qilgan. Shuningdek, klub tarixida o‘chmas iz qoldirgan hujumchi Zohid Abdullayev uzoq yillar shu raqamda to‘p tepganini muxlislar yaxshi bilishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting