Bo’stonliqda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o’tkazishga bag’ishlangan o’quv-seminari bo’lib o’tmoqda
Mazkur o’quv-seminari joriy yilning 31- yanvar sanasiga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: tashcitysport
Ayni daqiqalarda Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da Sport vazirligi tizimidagi 254 ta sport maktablarining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirokida joriy yilda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o’tkazishga bag’ishlangan o’quv-seminari bo’lib o’tmoqda.
O’quv-seminarda yil davomida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yo’nalishlar kesimida vazir maslahatchisi Sharifjon Momindjanov hamda mas’ullar tomonidan tushuntirib berilmoqda.
Mazkur o’quv-seminari joriy yilning 31- yanvar sanasiga qadar davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor