Boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
JChda O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medalga ega bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
O‘zbekiston boks federatsiyasida Liverpulda o‘tgan jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda federatsiya rasmiylari va terma jamoa a’zolari ishtirok etib, OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Anjuman davomida rasmiylar tomonidan joriy yil yakunida Toshkentda Asian Boxing tashkiloti shafeligida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini o‘tkazish rejalashtirilayotgani aytildi.
Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Erkaklar terma jamoamiz esa yana bir karra o‘z tarixida dunyoning eng kuchli jamoasi ekanini isbotladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist