Bo‘ka tumanida Voleybol bo'yicha U-13 viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Bo‘ka tumani 2-sonli texnikumida voleybol sport turi bo‘yicha U-13 yosh toifasidagi viloyat chempionati o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Bo‘ka tumanida Voleybol bo'yicha U-13 viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Bo‘ka tumani 2-sonli texnikumida voleybol sport turi bo‘yicha U-13 yosh toifasidagi viloyat chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatning 7 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Parkent tumani
2-o‘rin — Bo‘ka tumani
3-o‘rin — Zangiota tumani
Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘zlarining mahorati, jamoaviy o‘yini va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor