locale OZ

Bogdan Guskov Top-10ga kirdi — UFC reytingida yangi marraga chiqdi

Rossiyalik raqibini nokaut qilgan hamyurtimiz o‘zbek jangchilari orasida yangi rekord o‘rnatdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

UFC’da yurtdoshimiz sharafini himoya qilayotgan aralash yakkakurash ustasi Bogdan Guskov tashkilot reytingida tarixiy natija qayd etdi.

Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC kechasida u rossiyalik Nikita Krilovni ilk raunddayoq nokautga uchratib, katta g‘alabaga erishdi. Jang oldidan Guskov 13, Krilov esa 10-o‘rinda edi.

Yangilangan reytingga ko‘ra, jangchilar deyarli o‘rin almashishdi: Bogdan Guskov o‘zbek jangchilari ichida ilk bor UFC yarimog‘ir vazn toifasining Top-10 pog‘onasiga ko‘tarildi. U 13-o‘rindan 10-pog‘onaga chiqdi, Krilov esa 12-o‘ringa tushdi.

Ayni paytda ushbu vazn toifasida chempionlik kamari Magomed Ankalaevda bo‘lsa, reyting peshqadami sobiq chempion Alex Pereyra hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting