Bochcha. Joriy yilgi mamlakat chempionati o'z yakuniga yetdi
Ikkinchi o‘rin Farg'ona viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Andijon vakillari kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Bochcha. Joriy yilgi mamlakat chempionati o'z yakuniga yetdi
Bugun Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bochcha bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Ikki kun davom etgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, yakkalik bellashuvlarida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal qo‘lga kiritgan Toshkent shahri jamoasi a'zolari umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Ikkinchi o‘rin Farg'ona viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Andijon vakillari kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor