Boccia: Vakillarimiz Aktau-2025 xalqaro turnirida 6 ta medalga ega chiqishdi
5 ta mamlakatdan 30 nafar atletlar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Qozog‘istonning Aktau shahrida boccia bo‘yicha turkiy davlatlar terma jamoalari o‘rtasida "Aktau-2025" xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
5 ta mamlakatdan 30 nafar atletlar ishtirok etgan turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz:
Kumush:
Nizomiddin Xayriddinov (BC2 klassida).
Bronza:
Hayotxon Hafizova (BC1 klassida)
Javohirbek Alibekov (BC2 klassida)
Xudoyshukur Yoqubov (BC3 klassida)
Jamoaviy dasturda (2 ta bronza medali).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist