locale OZ

«BMB» futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi

Klub mavsumdagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«BMB» futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogining final bellashuvi boʻlib oʻtdi. Unda milliy chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “BMB PFC” hamda mavsumni kumush medal bilan tugatgan “SQB” jamoalari toʻqnash kelishdi.

Qiziqarli kechgan oʻyin “BMB PFC”ning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va klub mavsumdagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston MOQ va mamlakat futzal federatsiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, sportchilarni qoʻlga kiritgan gʻalabalari bilan qutlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting