Bilol Muhammad so'ngi olti yil ichida ilk bor mag'lubiyatga uchradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Bilol Muhammad UFC 315 turnirining asosiy janggida Jek Della Maddalenaga imkoniyatni boy berib qo'ydi va chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi.
Shu tariqa, Bilol Muhammad so'nggi 6 yil ichida ilk bor mag'lubiyatga uchradi. U so'nggi bor 2019-yilning yanvar oyida Bruklinda tashkil etilgan UFC Fight Night turniri doirasida Jeff Nilga qarshi bahsda mag'lub bo'lgandi.
O'shanda jang to'liq uch raund davom etgan va hakamlarning qarori bilan Jeff g'alaba qozongan. Shundan so'ng Muhammad ketma-ket 10 ta jangda zafar quchgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist