locale OZ

Bibisara Assaubayeva: Javohir g'alaba qozonganda, men ham nimadir yutgim keladi

Anna Muzychuk ustidan g‘alabadan keyin Bibisara Assaubayeva o‘z o‘yini haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bibisara Assaubayeva: Javohir g'alaba qozonganda, men ham nimadir yutgim keladi
photo: Chess Uzbekistan

Anna Muzychuk ustidan g‘alabadan keyin Bibisara Assaubayeva o‘z o‘yini haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

— “Bu men uchun juda yoqimli partiya bo‘ldi.Debyutdan keyin ustunlik ham, vaqt bo‘yicha afzallik ham bor edi. Lekin keyin xatolar qildim va bir payt o'yin durangga ketishi ham mumkin edi. Nima bo'lganda ham oxirida yutganimdan xursandman”

O‘z holati haqida u shunday dedi:
— “Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ketma-ket ikki marta yutqazganimdan keyin imkoniyatlarim qolmadi deb o‘ylagandim. Lekin oxirgi ikki partiyani yutib, yana kurashga qaytdim.”

Oxirgi turda qo‘shimcha bosim bo‘lmaydi, deb o'ylayman. Shunchaki o‘ynamoqchiman. Qora donalarda o‘ynayman,natija qanday bo‘lishini esa keyin bilib olamiz”

Javohir Sindarov haqida esa alohida fikr bildirib o'tdi:
— “Men u uchun juda xursandman va faxrlanaman. Javohirni besh yildan beri bilaman, birga ulg‘ayganmiz, bir-birimizning yutuqlarimizni kuzatib kelganmiz.

U juda yaxshi inson, menimcha eng mehribon odamlardan biri. Bu g‘alabani to‘liq haqli ravishda qo‘lga kiritdi.

Biz bir-birimizga doim yordam beramiz. U g'alaba qozonsa, men ham nimadir yutgim keladi. Umid qilamanki, u jahon tojini ham qo'lga kiritadi"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting