«Besh tashabbus olimpiadasi»: shaxmat va shashka bahslari qizg‘in davom etmoqda
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Andijon viloyati Asaka tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha 1–2-sektor bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqalarda tumanning iqtidorli yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarining aqliy salohiyati, strategik fikrlashi va mahoratini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida intellektual sport turlarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist