Belal Muhammad — Topuriyaning UFC reytingidagi yetakchiligi haqida
U bu o‘ringa arziydi: deydi sobiq chempion
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Getty Images
UFCning sobiq chempioni, amerikalik Belal Muhammad vazn toifasidan qat’i nazar tuzilgan reytingda 1-o‘rinni egallagan 28 yoshli gruziyalik Iliya Topuriya haqida fikr bildirdi.
«Topuriya qadrlanmaganmi yoki ortiqcha baholanganmi? Menimcha, u o‘z o‘rnida turibdi», — dedi Muhammad o‘zining YouTube kanalida.
Iliya Topuriya UFCda 2020 yildan beri ishtirok etyapti. 2025 yil fevral oyida u UFC 298 turnirida Aleks Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. So‘nggi jangini u oktyabr oyida Abu-Dabidagi UFC 308 turnirida o‘tkazdi va unda amerikalik Maks Hollowayni uchinchi raundda nokaut qilib, ilk bor unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bakradze Iman
Redaktor