locale OZ

Belal Muhammad ketma-ket uchinchi bor mag‘lub bo‘ldi

Jangchilar to‘liq besh raund davomida kurash olib borishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belal Muhammad ketma-ket uchinchi bor mag‘lub bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Los-Anjelesdagi “Apeh” arenasi mezbonligida UFC FIght Night 278 turnirining asosiy jangi bo‘lib o‘tdi.

Unda yarim o‘rta vazn toifasida braziliyalik jangchi Gabriel Bonfim va amerikalik Belal Muhammad to‘qnash keldi.

Jangchilar to‘liq besh raund davomida jang olib borishdi. Hakamlar bir ovozdan braziliyalik sportchining g‘alabasini qayd etdi (50:45).

28 yoshli Bonfim faoliyatidagi 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, hisobida atigi bitta mag‘lubiyat bor.

37 yoshli Muhammad ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Umumiy hisobda amerikalik jangchining hisobida 24 ta g‘alaba va oltita mag‘lubiyat bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting