locale OZ

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamizga omadli keldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamizga omadli keldi
PHOTO: Telegram

Pattaya-Rayong shahrida (Tailand) baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamizga omadli keldi. 1000 va 200 metr masofalarda finalga chiqqan barcha sportchilarimiz medallarga ega chiqishdi. Demak, bugungi kun bellashuvlaridan keyin baydarka va kanoechilarimiz milliy terma jamoamiz hisobiga 9ta oltin, 6ta kumush, 2ta bronza va parakanoechilarimiz esa 2ta oltin, 3ta kumush medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Kun qahramonlari:
1000m
U23 C-1: Mirjalol Komilov (oltin)
U23 K-4: Samandar Haydarov/Begzod Murodov/Ozod Amriddinov/Yaroslav Slavgorodskiy (oltin)
U18 K-1: Shahrizoda Mavlonova (oltin)
U18 K-2: Shohruh Hasanov/Diyorbek Murodullayev (oltin)
U18 C-2: Og‘abek Nuriddinov/Davronbek Axtamov (oltin)
U23 K-1: Ozod Amriddinov (kumush)
U23 K-1: Arina Tanatmisheva (kumush)
U18 C-1: Asqar Hasanboyev (kumush)
U18 K-1: Danila Kryukov (bronza)
U23 C-2: Xonzoda Erkinova/Zarina Rustamova (bronza)

200m
U23 C-1: Shohjahon Muhammadiyev (oltin)
U18 C-1: Muattarxon Qodirjonova (oltin)
U18 C-2: Zarina Kazakova/Muattarxon Kodirjonova (oltin)
U18 K-1: Nikita Reynvald (oltin)
U23 C-1: Shohsanam Sherzodova (kumush)
U23 K-1: Darya Mishina (kumush)
U18 C-1: Bexruz Ergashev (kumush)

Parakanoe bo‘yicha
200m
VL3 To‘rabek Nazarkulov (oltin)
VL3 Shaxnoza Mamadaliyeva (oltin)
VL3 Xayitmurod Sherquziyev (kumush)
VL2 Irodaxon Rustamova (kumush)
KL2 Oybek Yuldoshev (kumush)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting