Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionatiga start berildi
Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Qit’a birinchiligida 20 davlatdan 200 dan ortiq sportchi K-1, K-2, K-4, C-1, C-2 va miks yo’nalishlarida 200, 500, 1000 metr masofalardagi bellashuvlarda sovrinli o’rinlar uchun bahs olib borishadi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 16 nafar baydarka va kanoechilarimiz himoya qilishadi. Quvonarlisi, hakamlar safida bizning yurtdoshimiz Ismoil Egamberdiyev ham Osiyo chempionatini boshqarib boradi.
O’zbekiston milliy terma jamoasi:
Lochinbek Esonaliyev
Yaroslav Slavogorodskiy
Davron Salimov
Begzod Murodov
Muhammadali Mirismanov
Azimjon Sotiboldiyev
Kamoliddin Rahmatullayev
Oleksandr Zarubin
Diyorbek Mamatkulov
Arina Tanatmisheva
Milana Dushev Yanich
Madinabonu Islamova
Darya Mishina
Zarina Rustamova
Murabbiylar:
Natasha Dushev Yanich
Aleksandr Ponomaryov
Vyacheslav Sergeev
Musobaqa tafsilotlari bilan sports24.uzda tanishib boring.