locale OZ

Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalni qoʻlga kiritishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalni qoʻlga kiritishdi
FОТО: Olympic.uz

8-10-may kunlari Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

Shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz va ularning dasturlari:

Kumush medal:

С2 1000 metr: Muhammadali Mirismanov, Diyorbek Mamatqulov

С1 500 metr: Muhammadali Mirismanov

K1 500 metr: Arina Tanatmisheva

Bronza medal:

С2 500 metr: Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotiboldiyev

K1 1000 metr: Oleksandr Zarubin

С2x 500 metr (miks): Kamoliddin Rahmatullayev, Zarina Rustamova

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting