locale OZ

Baydarka va kanoe. Artur Guliyev — ikki karra jahon chempioni

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baydarka va kanoe. Artur Guliyev — ikki karra jahon chempioni
Photo: Olympic uz

Milan shahri (Italiya) mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatga kanoechimiz Artur Guliyev erishdi.

200 metr masofaga kechgan bellashuvda yurtdoshimiz 38,63 soniya natija qayd etdi. Shu tariqa, Guliyev faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda O‘zbekiston terma jamoasining erkaklar va ayollardan iborat sportchilari qatnashmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting