«Bavariya» Keyn bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Keynning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Getty Images
«Bavariya» va Harri Keyn shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli olg‘a siljishga erishdi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
2029-yilgacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralar yakuniga yaqinlashmoqda. Tomonlar so‘nggi tafsilotlarni kelishib olmoqda.
Keynning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli ingliz o‘tgan mavsumda Bundesligada 31 ta o‘yinda 36 ta gol urgan edi. Bu mavsumda esa 4 ta bahsda 3 bor to‘p kiritdi.