Basketbol. O‘zbekiston bolalar va o'smirlar basketbol ligasi U-14 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi
Turnir Farg‘ona shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida bo'lib o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Basketbol Uzbekistan
Farg‘ona shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston bolalar va o'smirlar basketbol ligasi U-14 toifasi bo‘yicha final bosqich bahslari o‘tkazildi.
Musobaqada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh basketbolchilar g‘alaba uchun kuch sinashib, o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyon etdilar.
Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin Farg‘ona viloyati
2-o‘rin Toshkent shahri
3-o‘rin Navoiy viloyati
Mazkur musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, yosh sportchilarda professional ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor