Basketbol. Navoiyda davom etayotgan turnirning uchinchi kuni yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Navoiy shahrining “Sog‘diyona” JTSK basketbol arenasida FIBA U16 ASIA CUP CABA Qualifiers 2025 xalqaro saralash turnirining uchinchi o‘yin kunida U16 toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida yorqin bahs bo‘lib o‘tdi:
Uchrashuvning dastlabki ikki choragida o‘yin keskin kechdi, ammo ikkinchi bo‘limda Qozog‘iston basketbolchilari himoya va hujumda barqaror o‘yin namoyish etishdi. Aniqlik bilan amalga oshirilgan uzatmalar va samarali zarbalar ularga muhim g‘alabani ta’minladi.
Yakuniy hisob: Qozog‘iston 73 - 51 Qirg‘iziston.
Turnir davom etmoqda! Yangi o‘yinlar, natijalar va yorqin lahzalarni o‘tkazib yubormaslik uchun yangiliklarni kuzatib boring!
Ibrohim Jalolov
Redaktor