locale OZ

“Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi yakunlandi

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, 9 ta vazn toifasida ishtirok etgan Farg‘ona viloyati terma jamoasi jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi yakunlandi
photo: Kurash Uzbekistan

Joriy yilning 13–15-yanvar kunlari Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Belbog'li kurash sport turi bo'yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqalarga Farg‘ona viloyati mezbonlik qildi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, 9 ta vazn toifasida ishtirok etgan Farg‘ona viloyati terma jamoasi jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 4 ta oltin va 3 ta kumush hamda 1 ta bronza medallar bilan umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu yuksak natijalar yosh sportchilarning puxta tayyorgarligi, murabbiylarning samarali mehnati hamda viloyatda sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol samarasi hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting