Bahraynda O‘zbekiston delegatsiyasining shtabi o‘z faoliyatini boshladi
Bugun delegatsiyaning yana bir qismi yetib borishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zbekiston delegatsiyasining dastlabki ishchi guruhi Manama shahriga yetib bordi va faoliyatini boshladi.
Musobaqada birinchilardan bo‘lib startga chiquvchi ot sporti bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari belgilangan manzilga yetib kelishdi.
Bugun delegatsiyaning yana bir qismi yetib borishi kutilmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan binoda sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist